
🌾💐 NAVRO’Z BAYRAMI 💐🌾
2026-yil 16-mart kuni Dehqonobod tumanining Tog‘aytemir va Oqirtma mahallalari oralig‘idagi keng yaylovlarda “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonalari ko‘tarinki ruh va katta tantana bilan o‘tdi.
⭐🎵 5-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI JAMOASI BAYRAMDA FAOL ISHTIROK ETDI 🎵⭐
5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining yosh iste’dodlari tomoshabinlarga o‘zlarining rang-barang va mahoratli chiqishlarini taqdim etishdi. Milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, Navro‘zga xos quvnoq raqslar yoshu qari barchaning qalbidan joy oldi. Ayniqsa, milliy cholg‘ular ansamblining jozibador ijrosi, folklor jamoasi ijro etilgan termalar, hamda raqs ansamblining go‘zal va nafis harakatlari tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Yosh san’atkorlarning har bir harakati, sadolari ertangi kunimiz egalari bo‘lmish farzandlarimizning qalbida san’atga bo‘lgan muhabbat yanada kuchayishidan dalolat berardi.













- 0
- 0






