Yutuqlar

2015 yil oktabr oyida Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kazan Luchezarnaya” xalqaro tanlovda maktab o‘quvchisi Normirzoev Shoxrux (xalq cholg‘u asboblar qashqar rubob )faxrli 2 o‘rinni, 2016 yil Toshkent “Iste’dod-2” Xalqaro tanlovga Toshtemirova Jasmina va Jo‘raqulov Abdulaziz (Estrada xonandalik) qatnashib diplom sohiblari bo‘lishdi, 2019 yil iyul oyi Qirg‘iziston “Issikkul sobiraet druzey” xalqaro tanlov Ergashev Samandar (estrada xonandalik) 3 o‘rin,

      2020 yil 30 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shaxrida onlayn bo‘lib o‘tgan  “Talanti Rossii” xalqaro tanlovda maktab amaliy san’at o‘quvchisi Jo‘raqulova Sabrina qatnashib faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

     2020 yil 14 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shaxrida onlayn bo‘lib o‘tgan “Prestij” xalqaro tanlovda maktab o‘quvchisi Rajabova Nozima qatnashib faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

     2020 yil 21 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shaxrida onlayn bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovda maktab o‘quvchilari Qurbonov Asadullo, Maxmatqulov Javoxir qatnashib faxrli birinchi, Noraliev Muxammad va Beknazarov Nurbeklar faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

     2021 yil 03 may kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shaxrida onlayn bo‘lib o‘tgan “Prestij” xalqaro tanlovda maktab o‘quvchisi Sattorova Umida qatnashib faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

     2021 yil 14 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shaxrida onlayn bo‘lib o‘tgan “Prestij” xalqaro tanlovda maktab o‘quvchisi Abdukarimova Mohinur qatnashib faxrli birinchi o‘rinni egalladi

     2022-yil 27-aprel kuni «Bo‘zatov fest» Yoshlar ovozi ko‘rik tanlov Qashqadaryo viloyat bosqichi   bo‘lib oʻtdi unda Dehqonobod tuman 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi baxshichilik yo’nalishi 2- sinf o’quvchisi Shoqulov Jamshid  10-15 yosh toifasida qatnashib faxrli 1-oʻrinni egallab, Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.Respublika bosqichidan faxrli 2-o‘rinni egalladi.

     Dehqonobod tuman 5-son BMSM xalq chog‘u asboblari bo‘limi dutor sinfi 2 sinf o‘quvchisi Ro‘ziqulova Pokiza 2022 yil 09 may kuni Moskva shahrida bo’lib o’tgan xalqaro onlayn «Talanti Rossii» tanloviga qatnashib 1-o‘rinni olib 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

     Tuman, viloyat va respublikada bo‘lgan barcha tanlov va festivallarga maktab o‘quvchilari qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

So'nggi yangiliklarni bilmoqchimisiz?

Obuna bo'ling!