
Mamlakatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami keng nishonlanmoqda. Xususan, bugun Madaniyat vazirligida ayyom munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda Qashqadaryo viloyati ta’lim muassasalari vakillari 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi G’ulom Tilakov hamda Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi deriktori Dilshod Madiyevning Qashqadaryo madaniyati va san’atini rivojlantirishga qo’shayotgan ulkan hissalari uchun bugun madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan «Madaniyat va san’at fidokori » ko’krak nishoni bilan munosib taqdirlandi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ana shu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Faoliyati e’tirof etilgan o‘qituvchi va murabbiylar bunday e’tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirishdi.




- 0
- 0






