📢 Dehqonobod tumanida “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 22-aprel kuni Dehqonobod tumani 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limi hamkorligida “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish etib, hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Barcha g‘oliblarni va ishtirokchilarni chin qalbdan tabriklaymiz! Yosh iqtidorlarimizga kelajakda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

22 Aprel 2026
  • 0
  • 0

Add Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *