
1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak boʻlsin!
Ustoz — qalbga ezgulik urugʻini sepuvchi, kelajakka yoʻl koʻrsatuvchi buyuk zot.
Ushbu sana munosabati bilan Dehqonobod tumani 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilari anʼanaga muvofiq, koʻp yillar davomida yosh avlodga sanʼat sirlarini oʻrgatib, bugungi kunda qarilik nafaqasida boʻlgan moʻtabar ustozlar holidan xabar olishdi.
Oʻqituvchilar faxriy ustozlarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularga oʻzlarining dil soʻzlari, bayram tabriklari hamda esdalik sovgʻalar topshirishdi.
Yillar davomida ne-ne shogirdlarni tarbiyalab, sanʼat ahlining poydevorini qoʻygan ustozlarimizning yuzlaridagi tabassum va minnatdorchilik nigohlari bayramning eng goʻzal tuhfasi boʻldi.
Fidoyi va mehribon ustozlarimizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr va xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz! Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar! 🌸✨







- 0
- 0






