
Foto reportaj: Dehqonobod tumanida bayram shodiyonlari bo’lib o’tdi
Dehqonobod tumanida Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan «Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!» shiori ostida bayram shodiyonalari va konsert dasturi yuqori saviyada boʻlib o’tdi.
Konsert dasturida ma’lum va mashhur san’atkorlar, O’zbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Mahmud Nomozov, Xorazm estradasi yorqin vakilasi Shoxsanam Ataeva tumanning 5-son BMSM ning Folklyorchi yoshlar jamoasi va viloyatimizning bir guruh xush ovoz xonandalari ishtirok etib, tumandoshlarimiz uchun dilga yaqin taronalarni ijro etishdi.
15 mingga yaqin aholi ishtirok etgan mustaqillik shodiyonalari ajoyib mushakbozlik bilan yakunlandi.










- 0
- 0






