
Joriy yilning 12-fevral sanasi soat 14:00 da Dehqonobod tuman 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ushbu tuman hokimligining maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha bosh mutaxassisi Otabek Nazarov hamkorligida gʻazal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 585, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan «Buyuk siymolarga tazim» shiori ostida «Nazm va navo» kechasi boʻlib oʻtdi.
Goʻzal gʻazallar, ruboiylar, va ajoyib sahna koʻrinishlar bilan ajdodlarimiz siymosi yod etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishni davom eting.












12 Fevral 2026
- 0
- 0






