2026-yil 18-mart kuni Dehqonobod tuman 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Teatr sanʼati” oyligi doirasida muhim madaniy tadbir boʻlib oʻtdi. Maktabning teatr sanʼati oʻqituvchisi Samandarov Ahmad tomonidan sahnalashtirilgan “Vatan uchun jon fido” nomli mualliflik spektakli namoyish etildi.

Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Asarda vatanparvarlik, jasorat va el-yurtga muhabbat kabi yuksak tuygʻular aks etgan boʻlib, yosh ijodkorlarning mahorati hamda oʻqituvchi Samandarov Ahmadning rejissyorlik ishi alohida eʼtirof etildi. Tadbir teatr sanʼatiga boʻlgan qiziqishni oshirish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan oylik dasturining muhim qismi boʻldi.

18 Mart 2026
  • 0
  • 0

Add Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *