
#Bitiruv_imtihoni
📢 Bitiruv imtihoni
2026-yil 18-may kuni Dehqonobod tumani 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 5-sinf oʻquvchilarining mutaxassislik fanidan bitiruv imtihoni boʻlib oʻtdi. Ushbu muhim kun yosh isteʼdod egalari uchun katta sinov va yangi bosqichga qadam qoʻyish jarayoni boʻldi.
🎶 Oʻquvchilar oʻz bilim va mahoratlarini namoyish etib, musiqa va sanʼat olamida erishgan yutuqlarini taqdim etdilar.
🌟 Bitiruv imtihoni — bu nafaqat oʻquv jarayonining yakuni, balki kelajakdagi ijodiy yoʻlning boshlanishi hamdir. Yosh sanʼatkorlarga kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!








19 May 2026
- 0
- 0






