#davlat_imtihoni
#Tasviriy_sanʼat
#bitiruv_imtihoni

📢 Bitiruv ko‘rgazmasi.

2026-yil 22-may kuni Dehqonobod tumani 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Tasviriy sanʼat” yo‘nalishi o‘quvchilarining bitiruv ko‘rgazma namoyishi bo‘lib o‘tdi.

🎨 Ushbu tadbirda o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari — rang-barang rasmlar, kompozitsiyalar va sanʼat asarlarini taqdim etishdi. Har bir asarda ularning mehnati, tasavvuri va sanʼatga bo‘lgan mehrlari yaqqol namoyon bo‘ldi.

✨ Ko‘rgazma maktab jamoasi, ota-onalar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bu nafaqat o‘quvchilarning ijodiy yutuqlarini namoyish etish, balki ularning sanʼat olamiga dadil qadam qo‘yishlari uchun muhim bosqich bo‘ldi.

23 May 2026
  • 0
  • 0

Add Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *