
🛡 Kiberxavfsizlik — davr talabi: Dehqonobodda navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Bugun, 2026-yil 4-avgust kuni Dehqonobod tumanidagi 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida aholining kiberxavfsizlik borasidagi savodxonligini oshirish hamda kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik maʼruza boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat IIB KJQKB (Kiberxavfsizlik boʻlinmalari) katta inspektori Diyorbek Norbayev maʼruza bilan chiqish qildi.
📌 Tadbirda qanday mavzular muhokama qilindi?
Katta inspektor oʻz maʼruzasida soʻnggi paytlarda koʻp uchrayotgan kiberjinoyat turlari va ulardan himoyalanish yoʻllari haqida hayotiy misollar orqali atroflicha maʼlumot berdi:
💳 Bank kartalari xavfsizligi: Plastik karta kodlari (SMS-kodlar) va shaxsiy maʼlumotlarni begona shaxslarga bermaslik;
🔗 Fireshing va soxta havolalar: Internet tarmogʻidagi turli yutuqli oʻyinlar yoki soxta aksiyalarga aldanmaslik haqida
tushintirish ishlari olib borildi.





- 0
- 0






