​🛡 Kiberxavfsizlik — davr talabi: Dehqonobodda navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
​Bugun, 2026-yil 4-avgust kuni Dehqonobod tumanidagi 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida aholining kiberxavfsizlik borasidagi savodxonligini oshirish hamda kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik maʼruza boʻlib oʻtdi.
​Tadbirda Qashqadaryo viloyat IIB KJQKB (Kiberxavfsizlik boʻlinmalari) katta inspektori Diyorbek Norbayev maʼruza bilan chiqish qildi.
​📌 Tadbirda qanday mavzular muhokama qilindi?
​Katta inspektor oʻz maʼruzasida soʻnggi paytlarda koʻp uchrayotgan kiberjinoyat turlari va ulardan himoyalanish yoʻllari haqida hayotiy misollar orqali atroflicha maʼlumot berdi:
​💳 Bank kartalari xavfsizligi: Plastik karta kodlari (SMS-kodlar) va shaxsiy maʼlumotlarni begona shaxslarga bermaslik;
​🔗 Fireshing va soxta havolalar: Internet tarmogʻidagi turli yutuqli oʻyinlar yoki soxta aksiyalarga aldanmaslik haqida
tushintirish ishlari olib borildi.

5 Avgust 2026
  • 0
  • 0

Add Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *