
🎭 ✨ BAXSHICHILIK SAN’ATINING SIR-ASRORLARI: 5-SON BMSMDA UNUTILMAS MAHORAT DA✨RSI! 🎭
🪕 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabida oʻzbek xalq dostonchiligining yirik namoyandasi, an’anaviy baxshichilik san’ati fidoiysi va ustoz san’atkor — Oʻzbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Raximov ijodiy uchrashuv hamda mahorat darsi oʻtkazdi! 🌟
🎼 Tadbir davomida yosh musiqachilarga boy milliy merosimiz, dostonchilik an’analari va dombra ijrochiligining nozik jihatlari amaliy tarzda mahorat bilan koʻrsatib berildi.
🤝 Tadbirning faxriy mehmonlari:
👨🏫 Anvar baxshi Boʻronov — 5-son BMSM baxshichilik san’ati sinfi oʻqituvchisi hamda
🪕 Muhammadi baxshi Daminov.
🎶 Oʻquvchilar ustoz baxshilarning jonli va joʻshqin ijrolaridan bahramand boʻlishdi, dostonchilik sirlarini oʻrganib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Bunday mazmunli uchrashuvlar yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmat va mehrni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi! 🌿✨








- 0
- 0






