XOTIRA – MUQADDAS, QADR – AZIZ

Bugun Dehqonobod tumanida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ulkan va tantanali tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda tuman hokimligi, 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi,prokuratura, Ichki ishlar bo‘limi, mudofaa bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi, tibbiyot birlashmasi, nuroniylar va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashib, xotira maydonida joylashgan motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizni yodga oldilar.

Tadbir davomida, o‘tkazilgan tinchlik va farovonlik uchun kurashgan, qahramonlik ko‘rsatgan jangchilarning yodi abadiylashtirildi. Urushning dahshatli kunlarida jonini fido qilgan, ona yurtini himoya qilish uchun kurashgan jasur erkaklar va ayollar uchun samimiy ehtirom ko‘rsatildi. Xalqimiz ularning mashaqqatli yo‘lini va jasoratini hech qachon unutmaydi.

 

8 May 2026
  • 0
  • 0

Add Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *